Ijtimoiy tarmoqlarda soatiga 4,5 kilovatt soatdan ortiqcha elektr energiyasi ishlatgan xonadon elektr ta`minotidan uzilishi haqida tasdiqlanmagan xabarlar e`lon qilingan. Energetika vazirligi holatga izoh berib, tegishli qarorning noto`g`ri talqin qilinayotganini ma`lum qildi.
Bildirilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori bilan qabul qilingan Qoidalarning 63-4-bandiga asosan, iste`mol qilinadigan elektr energiyasidan oqilona foydalanish maqsadida maishiy iste`molchilarning elektr energiyasi iste`moli yuklama orqali chegaralanishi, bunda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan elektr energiyasini nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi doirasida iste`molchilarga ehtiyojlari uchun zarur bo`lgan qurilmalarning minimal quvvatidan va joylashgan hududidan kelib chiqib, hisoblagich orqali 10-15 kVt quvvat doirasida cheklov kiritilishi ko`zda tutilgan.
Vazirlik qayd etishicha, bu amaliyot iste`mol yuqori bo`lgan joylarda qo`llaniladi va iste`molchi ortiqcha uskunalarni o`chirib, kuchlanishni belgilangan me`yordan kamaytirsa, hisoblagich uzog`i bilan 15 daqiqa ichida avtomatik ravishda yonadi.
Biroq havo haroratining sovuq kunlarida iste`molchilarni qo`llab-quvvatlash maqsadida bu norma vaqtincha bekor qilindi. Ya`ni, xonadon egasi elektr energiyasidan belgilangan me`yordan ortiqcha foydalanganda, hisoblagich avtomatik tarzda o`chirib qo`yilmaydi.
Shunngdek, iste`molchilarchilardan agar xonadoninida elektr toki ortiqcha yuklama bilan o`chgan bo`lsa, yuklamani kamaytirganidan so`ng elektr ta`minoti 10 – 15 daqiqa orasida avtomatik ravishda tiklanishini yodda tutishlari so`ralgan.






