O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 noyabrdagi “Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” PF–198-son Farmoni bilan sanoat zonalarida er maydonlari va bino-inshootlarni elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishda sotib olish to`lovlarini 24 oy muddatda bo`lib-bo`lib to`lashga ruxsat etildi.
Bunga qadar 12 oy muddatga bo`lib to`lash imkoniyati berilgan edi.
Ushbu Farmon ijrosini ta`minlash maqsadida “E-auksion” elektron savdo platformasida erkin iqtisodiy zona, turistik rekrasion zona, maxsus sanoat zona, kichik sanoat zona va yoshlar sanoat zonalaridagi er uchastkalarini sotib olishda to`lovlarni yigirma to`rt oy muddatda bo`lib-bo`lib to`lash imkoniyati yaratilgan.
Ayni paytda 4,5 mingdan ortiq sanoat zonalaridagi er uchastkalari e-auksion.uz saytiga savdoga chiqarilgan bo`lib, ro`yxatdan olgan holda sotib olishingiz mumkin.






