AsosiyJamiyat

Surxondaryoda YPX xizmat mashinasi hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo`ldi (video)

'Surxondaryoda YPX xizmat mashinasi hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Ijtimoyi tarmoqlarda YPX xizmat avtomashinasi hamda Lacetti ishtirokida yo`l-transport hodisasi aks etgan video tarqaldi.

 Ushbu holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB Matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Joriy yilning 9 dekabr kuni soat 07:30 atrofida Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati katta mutaxassisi buyruq asosida o`ziga biriktirilgan Volkswagen Caddy xizmat avtomashinasini Termiz shahri Barkamol avlod ko`chasida boshqarib ketayotgan vaqtida, uch bo`lakli qatnov qismining ikkinchi bo`lagida, o`zi bilan bir yo`nalishda harakatlanib ketayotgan Lacetti avtomashinasi haydovchisi ogohlantirish ishoralarisiz, harakat yo`nalishini keskin o`zgartirishi (o`ng tomonga burilishi) natijasida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Hozirda holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Harbiy prokuraturasi mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar