“O`zgidromet” axborotiga ko`ra, 9—14 dekabr kunlari O`zbekiston hududiga shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
9 dekabr kuni respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 10 dekabrda shimoliy va cho`l hududlarida, 11 dekabrda respublika bo`yicha yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuzatiladi, tog` oldi va tog`li hududlarning ba`zi joylarida kuchli bo`ladi.
Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12—14 dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuqqacha, shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja sovuqqacha pasayadi.
Harorat sovib ketishi holati anomal darajaga qachon o`tishi haqida iqlimshunos Erkin Abdulahatov tushuntirish berdi.
Iqlimshunosning aytishicha, anomal sovuqqa ta`rif Vazirlar Mahkamasining 501-sonli qarorida qayd etilgan.
Anomal sovuq ob-havo — oktyabr oyidan aprel oyigacha bo`lgan davrda besh va undan ko`p kun davomida iqlimiy me`yordan 7 gradus va undan past bo`lgan o`rtacha sutkalik havo harorati ko`rsatkichlari.
Hozirgi kutilajak sovuqlik to`lqini hududlarda ketma-ket besh kun iqlimiy me`yordan 7 darajadan past haroratlarni bermasligi maksimumga yaqinlashgan va bu to`lqinga anomal sovuq ob-havo ta`rifini berish noo`rin, — deydi Erkin Abdulahatov.






