AsosiyDunyo

Rossiyada prezident saylovi qachon o`tkazilishi ma`lum bo`ldi

'Rossiyada prezident saylovi qachon o`tkazilishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Rossiyada navbatdagi prezidentlik saylovi 2024 yil 17 martda bo`lib o`tadi. Bu haqda Federasiya Kengashi tegishli qarorni qabul qildi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, amaldagi prezident Vladimir Putin 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etishini hali rasman e`lon qilmagan.

Qonunga ko`ra, Rossiya Federasiyasi prezidenti saylovi Federasiya kengashi tomonidan ovoz berish kunidan 100 kun oldin tayinlanadi. Rossiya prezidenti saylovi uchun ovoz berish kuni sifatida davlat rahbarining avvalgi umumiy saylovlarida ovoz berish o`tkazilgan oyning ikkinchi yakshanbasi tanlanadi.

Kelgusi yil mart oyining ikkinchi yakshanbasi 10-kunga to`g`ri keladi va 8 mart kungi bayramni o`z ichiga olgan hafta tugaydi. Shuning uchun saylovlar kelasi yakshanba, 17 martga belgilangan.

    Boshqa yangiliklar