Shu yilning 11 – 12-dekabr kunlari “Jadidlar: milliy o`zlik, istiqlol va davlatchilik g`oyalari” mavzusida Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag`on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan ilmiy konferensiya bo`lib o`tadi.
• Konferensiyaning birinchi kunida — jadidchilik harakati g`oyasi, maqsad va vazifalarini izchil o`rganishda yangi insaydlar, harakatning ma`rifat va noshirlik sohasidagi hissasi, milliy davlatchilik shakllanishi bo`yicha ijtimoiy-siyosiy sa`y-harakatlari, shuningdek, jadidlarning ilmiy va madaniy merosi, ularning tadqiqotlari borasida fikr almashiladi.
• Tadbirning ikkinchi kunida — o`zbekistonlik hamda chet ellik taniqli olimlar, tarix sohasi vakillari bilan davra suhbati (panel session) o`tkaziladi va u keng jamoatchilik uchun ham ochiq hisoblanadi.
Uchrashuvda olimlar Temur Xo`jao`g`li, Adib Xalid, Hisao Komatsu, Zaynobiddin Abdirashidov va dunyo bo`ylab mashhur tarixiy seriallar muallifi Mehmet Bo`zdog` ishtirok etadi. Batafsil ma`lumotni jadidconf.com saytidan olish, tadbirning ikkinchi kunida ishtirok etish uchun ro`yxatdan o`tish mumkin.
07.12.2023 15:40
11 – 12-dekabr kunlari “Jadidlar: milliy o`zlik, istiqlol va davlatchilik g`oyalari” konferensiyasi bo`lib o`tadi






