AsosiyJamiyat

Qarshida tirik bola o`liklar ro`yxatiga tushib qoldi

'Qarshida tirik bola o`liklar ro`yxatiga tushib qoldi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining G`uzor tumanida yashovchi Asliddin Muhammadiev va Sojida Ismatovalar oilasida 2022 yilning 24 iyun kuni uch nafar egizak dunyoga keldi. Qarshi shahridagi roddomda tug`ilgan chaqaloqlarning biri — Fotimaxon ismli qizaloq bo`lib, u tug`ilganidan uch kun o`tgach, vafot etdi. Zuhraxon ismli egizaklarning biri tirik bo`lsada, FHDYo xodimlari aybi bilan o`liklar ro`yxatidan joy oldi. Bu haqda viloyat Adliya boshqarmasi axborot xizmati Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Murojaatchining aytishicha, shu voqea sabab Zuhraxon Fahriddinovaning tug`ilganligi haqidagi guvohnomasi yaroqsiz qog`ozga aylangan.

Ana shu ish bo`yicha 2022 yilning avgust oyidan hozirgi kungacha sarson sargardonchilik bo`lmoqda.

Bolalar puli uchun hujjat tayyorlaymiz deb borganda o`g`lim bilib qolyaptida. Bu bola o`ldi turibdiku deyishganda, chopa-chop bo`lib qoldi. Murojaat qilmagan joyimiz ham qolmadi, uchrashmagan tashkilotimiz ham qolmadi, — deydi egizaklarning bobosi.

Fahriddin akaning qo`shimcha qilishicha, uning viloyat prokuraturasiga qilingan takroriy murojaatlaridan so`ng prokuratura Qarshi shahar FHDYo mudirasi ishini o`rgana boshlagan. Ammo ko`p o`tmay, voqea yana bosti-bosti qilingan. 

Viloyat prokuraturasi bularning ustidan jinoiy ish qo`zg`adi. Lekin na bizni chaqirishdi, na ular bilan yuzlashtirildik. Hech kim so`ramadi. Keyin bilsak imi-jimida rahbari qolib, kambag`al inspektor qizchaga nisbatan chora ko`rishgan ekan, — deydi egizaklarning bobosi.

 Mazkur voqea sabab 2 nafar FHDYo xodimiga hayfsan berilgan. 

G`uzor tumanida yashovchi fuqaro C.Ismatovaning uch nafar egizak farzandlari tug`ilgan bo`lib, ikkinchi farzandi Z.F. va uchinchi farzandi M.Z. ning tug`ilishi qayd etilgan va birinchi farzandi F.F. vafot etgan hamda uning tug`ilishi qayd etilmagan. Birinchi farzandning o`limini qayd etishda texnik xatolik sababli axborot tizimida ikkinchi farzand Z.F.ning JShShIR tortilganligi sababli unga nisbatan “vafot etgan” degan ma`lumot shakllangan. Mazkur holat yuzasidan boshqarma tomonidan o`rganish o`tkazilib, joriy yilning noyabr oyida birinchi farzand F.F.ning tug`ilishi va o`limi qayd etilgan. Axborot tizimida ikkinchi farzand Z.F. ning vafot etganligi bilan bog`liq ma`lumotlarga tuzatish kiritilgan.

Murojaatchining qo`shimcha qilishicha, u nabirasiga nisbatan qo`llanilgan qo`pol xatolik barataf etilganini 2023 yilning 5 dekabr kuni bilgan. Va shu kuni yugur-yugurdan, sarsongarchilikdan to`xtagan.

    Boshqa yangiliklar