AsosiyJamiyat

Sovuq, yomg`ir, qor... Dam olish kunlari qaerda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi

'Sovuq, yomg`ir, qor... Dam olish kunlari qaerda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

"O`zgidromet" dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun kunduzi O`zbekiston hududi bo`yicha ob-havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Harorat 8-13 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Ertaga, 8 dekabr kuni respublikaning ko`pchilik hududlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliqqacha, shimolda kechasi 2-7 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-2 daraja sovuqqacha pasayadi.

9 dekabr, shanba kuni yomg`ir va qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik faqat O`zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida saqlanib turadi.

8-9 dekabr kunlari tog`li hududlarda yog`ingarchilik - asosan qor shaklida bo`ladi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik kuchli bo`ladi.

8-9 dekabr kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda

10 dekabr - yakshanba kuni respublikaning ko`pchilik hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz qor yog`adi. Havo harorati shanba kuni kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8o iliq, yakshanba kuni kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq atrofida bo`ladi.

Respublika shimolida dam olish kunlari kechasi 5-10 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja sovuqqacha bo`ladi.

Keyingi haftaning birinchi yarmida sovuq respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. Havo harorati kechalari 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja sovuqqacha pasayadi. Respublika shimolida harorat kechalari 15-20 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 7-12 daraja sovuqqacha pasayadi.

Poytaxtimizda: 7 va 10 dekabr kunlari yog`ingarchilik kutilmaydi, 8 dekabrda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi, 9 dekabrda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qorga aylanishi mumkin) bo`ladi. Harorat 7 dekabrda 9-11 daraja iliq, 8-10 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar