AsosiyJamiyat

"Dok-1 Maks" ishi bo`yicha sud jarayoni 1 oyga to`xtatildi

'"Dok-1 Maks" ishi bo`yicha sud jarayoni 1 oyga to`xtatildi'ning rasmi

Oliy sud matbuot kotibi “Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog`liq jinoyat ishi yuzasidan navbatdagi bayonotini berdi.

Unga ko`ra, Toshkent shahar sudida birinchi instansiyada ko`rilayotgan “Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog`liq jinoyat ishiga aloqador yangi shaxslar tergov organi tomonidan ayblangan. Shu sababli va boshqa asoslarga muvofiq sud tomonidan 2023 yil 1 dekabr kuni Jinoyat-prosessual kodeksining 416- va 417-moddalari tartibida ajrim chiqarilib, jinoyat ishiga tegishli ayrim hujjatlar ayblovni to`ldirish va boshqa shaxslarni ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish bilan bog`liq qo`shimcha prosessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergov organiga yuborilgan.

Shu tariqa jinoyat ishini ko`rish 1 oylik muddatga to`xtatildi.

Ma`lumot uchun:

416-modda: sudlanuvchini yangi ayblov bo`yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari.

417-modda: jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko`rsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari. 

 

    Boshqa yangiliklar