AsosiyJamiyat

Ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlangan sudyalarning qasamyod qabul qilish marosimi o`tkazildi

'Ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlangan sudyalarning qasamyod qabul qilish marosimi o`tkazildi'ning rasmi

Bugun bo`lib o`tgan Oliy sud Plenumining navbatdan tashqari majlisida ayrim jinoyat va fuqarolik ishlari bo`yicha tuman, shahar, tumanlararo hamda ma`muriy va iqtisodiy tumanlararo sudlarga ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlangan sudyalarning qasamyod qabul qilish marosimi o`tkazildi.

 Majlisda Sudyalar oliy kengashining 2023 yil 30 noyabrdagi qarori bilan sudyalik lavozimda bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga tayinlangan D. Aminova, F. Komiljonov, D. Almosova, G. Mamaraimova, A. Xo`jamqulov, B. Xolmatov, I. Sharipov, D. Kulliev, O. Abdurasulov, Z. Radjabov, A. Imomov, A. Muqumova, S. Muminov, A. Ro`zieva, Z. Tuxtaev, E. Suyarov va N. Mamanovning qasamyodi eshitildi.  

Qasamyod qabul qilgan 17 nafar sudyaga sudyalik guvohnomalari topshirildi.

    Boshqa yangiliklar