Toshkent metropolitenining "Xalqlar do`stligi" bekatida ilk marotaba kaftni skanerlash orqali to`lovni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi.
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma`lum qildi.
Toshkent metropolitenidan foydalanganda yo`l haqqini to`lash uchun bank kartalari, transport kartalari yoki QR-kodli chek olishning hojati qolmayapti. O`tish joyida UZINFOKOMning - Palm ID, tomirlar tasviriga asoslangan identifikasiyalash yangi biometrik loyihasi ishga tushirildi.
Kaftingizni skaner ustiga tutasiz va tizim sizni identifikasiya qiladi. Sizdan avtomatik tarzda to`lov echib olinadi. Buning uchun siz bir necha daqiqa sarflab, dastur orqali o`z shaxsiy ma`lumotlaringizni kiritishingiz zarur.
Jamoat transporti foydalanuvchilari uchun mobil ilova ham ishga tushirilgan. Mobil ilova orqali virtual karta ochilib, pul mablag`i bilan to`ldiriladi. Shundan so`ng to`lov uchun kaftingiz kifoya qilib, hech qanday internetsiz, karta yoki, QR-kodli cheklarsiz to`lovni amalga oshira olasiz.
30.11.2023 16:31
⚡️Toshkent metropolitenida ilk marta kaftni skanerlash orqali to`lovni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi






