Karomidin Gadoev O`zbekistonning Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
U shu kunga qadar TIVning BMT va boshqa xalqaro siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 59 yoshda.
Karomidin Gadoev 2018–2023 yillarda Kuala-Lumpurdagi diplomatik missiyaga rahbarlik qilgan Ravshan Usmanov o`rniga tayinlandi.






