AsosiyJamiyat

Andijonda haydovchi Labo’dagi yuklarni bayroq bilan yopib harakatlandi

'Andijonda haydovchi Labo’dagi yuklarni bayroq bilan yopib harakatlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Labo haydovchisi yuklar ustini O`zbekiston bayrog`i bilan yopib harakatlangani aks etgan foto tarqalgan.
Holat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati izoh berdi.

“Hozirda Andijon viloyati IIB YHXB tomonidan ushbu avtomashina Shahrixon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga tegishli ekani aniqlandi. Holat bo`yicha tegishli tartibda IIB hamkorligida harakatlar olib borilmoqda”, — deyiladi hokimlik axborotida.

    Boshqa yangiliklar