AsosiyJamiyat

O`zbekistonning birinchi xonimi Qatarda xalqaro sammitda ishtirok etdi

'O`zbekistonning birinchi xonimi Qatarda xalqaro sammitda ishtirok etdi'ning rasmi

O`zbekiston prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoeva Qatarda bo`lib o`tgan XI Ta`lim bo`yicha xalqaro innovasion sammitda ishtirok etdi.

Ushbu yirik anjuman 2011 yildan buyon Qatar Davlati Ta`lim, fan va ijtimoiy taraqqiyot fondi (Qatar Foundation) raisi shayxa Muza bint Nosir al-Misnad shafeligida o`tkazib kelinmoqda. Undan ko`zlangan asosiy maqsad – siyosat, tadqiqotlar, etakchilik kabi sohalarda tashabbuslarni ilgari surish orqali ta`limda innovasion dasturlarni yaratishdir.

Bu yilgi tadbir “Sun`iy intellekt davrida inson ijodkorligi” mavzusiga bag`ishlandi. 29 noyabr kuni sammitning asosiy tadbirlarida yuqori darajadagi mehmonlar, jumladan, xorijiy davlatlar vazirlari, ta`lim va ijtimoiy sohalar ekspertlari qatnashdi.

Bu sammitdagi ishtirok so`nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan O`zbekiston bilan Qatar o`rtasidagi hamkorlikning yana bir ifodasi bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar