AsosiyJamiyat

Kuzning so`nggi kuni O`zbekistonda havo harorati 10-12 darajagacha ko`tariladi

'Kuzning so`nggi kuni O`zbekistonda havo harorati 10-12 darajagacha ko`tariladi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston bo`ylab havo harorati 10-12 darajagacha ko`tariladi, hududlarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Bu haqda “O`zGidromet” xabar berdi.

TOShKENT ShAHRI 

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, tuman tushadi. Kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 10-12° iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI 

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI 

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI 

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab Toshkent viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI 

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI 

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG` OLDI VA TOG`LI HUDUDLARI 

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar