28 noyabr kuni Prezident tomonidan qabul qilingan “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorda nazarda tutilgan.
Qarorga ko`ra, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahonda mashhur 1000 ta kitob o`zbek tiliga tarjima qilinib, “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi amalga oshiriladi.
Kitoblarni tarjima qilish va nashr etish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1-bosqichda – Ekspertlar kengashi tomonidan har yili kitoblarning dastlabki ro`yxati shakllantiriladi;
2-bosqichda – aholi tomonidan ovoz berish yo`li bilan tanlab olish uchun dastlabki ro`yxat Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlariga joylashtiriladi hamda bu orqali yakuniy ro`yxat shakllantiriladi.
Loyiha doirasida har yili nashr etiladigan kitoblar ro`yxatiga kamida 20 foiz ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
2023–2024 yillarda dastlabki tanlangan 50 nomdagi kitobni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish choralari ko`riladi.
Kitoblarni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish bilan bog`liq davlat xaridlari talabgorlar o`rtasida eng yaxshi takliflarni tanlash hamda tender o`tkazish orqali amalga oshiriladi.
O`zbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan va aholi tomonidan bepul foydalaniladigan maxsus mobil ilova yaratiladi.






