Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko`kdala tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Umakay” YPX maskanida o`tkazilgan tezkor tadbirda “Qarshi-Samarqand-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotgan fuqaro F.E. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib ko`zdan kechirilganda, fuqaro B.X. jami 500 kg iste`molga yaroqsiz qoramol go`shtini Toshkent shahrida o`tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shunday, Departamentning Oqoltin tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Samarqand-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha harakatlanib kelayotgan fuqaro E.M. boshqaruvidagi “Isuzi” rusumli yuk avtomashinasida fuqaro N.R. jami 165 kg iste`molga yaroqsiz qoramol go`shtini Toshkent shahrida o`tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
29.11.2023 17:26
Toshkentga olib kelinayotgan jami 665 kg yaroqsiz go`sht postdan o`tolmadi






