Ta`mirlash ishlari tufayli Toshkent shahar Uchtepa tumanining 13-mavzesiga 29 noyabr kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz” xabar qildi.
Aholi xonadonlari soni — 480 ta
Ulgurji iste`molchilar soni — 2 ta
Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta`minoti filiali iste`molchilardan uzr so`raydi.






