AsosiyJamiyat

Prezident maktablarga kirish imtihonlari internet orqali jonli efirga uzatiladi

'Prezident maktablarga kirish imtihonlari internet orqali jonli efirga uzatiladi'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, "Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida" Prezident Farmoni qabul qilindi.

Unga ko`ra, quyidagi jarayonlarni internet orqali jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:

  • falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengash tomonidan o`tkaziladigan dissertasiya himoyasi (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);

 

  • o`rta-maxsus va professional ta`lim muassasalarining, (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik liseylarining) test sinovlari hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;

 

  • OTMlar bazasidagi harbiy ta`lim fakultetlariga (harbiy kafedra) qabul qilishdagi saralash tanlovlarining quyidagi bosqichlari:

 

  • ️umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;

 

  • ️chaqiriqqacha boshlang`ich tayyorgarlik dasturi bo`yicha bilim darajasini baholash.

 

    Boshqa yangiliklar