Toshkentga Afrikadan oq sher, oq Bengal yo`lbarsi va uchta zebra va uchta jirafa bolasi olib kelindi.
Hayvonlar Janubiy Afrikadagi maxsus fermada boqilgan.
Hayvonlarni tashish CargoPoint kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan bo`lib, u Yoxannesburg – Antananarivu – Istanbul – Toshkent yo`nalishi bo`yicha 10 827 km masofani bosib o`tdi.
Poytaxt hayvonot bog`i tarixida birinchi bo`lgan ushbu ulkan loyihani amalga oshirishga “Wildlife care” boshqaruv kompaniyasi yordam bergan.
Hayvonlar moslashish davrini o`tkazishdan so`ng tomoshabinlarga namoyish etiladi.






