Prezident farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga tekshirib turish yuklatildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat organlaridagi ishonch telefonlarining doimiy ravishda ishlab turishini tekshirish uchun “Sirli mijoz” tadbiri asosida o`rganish vazifasi yuklatilmoqda.
Bunda ishonch telefonlarining (Call-markaz) hamda davlat tashkilotlarining o`z rasmiy veb-saytlarida e`lon qilingan telefon raqamlarining doimiy ravishda ishchi holatdaligi, ma`lumotlar almashinuvi samaradorligi, qayta aloqaning mavjudligi, shu jumladan, tezkorligi va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi darajasini tekshirish ishlari olib boriladi.






