AsosiyJamiyat

Soliq huquqbuzarliklari haqida murojaat qilgan fuqarolarga 33,5 mlrd so`m mukofot to`langani ma`lum bo`ldi

'Soliq huquqbuzarliklari haqida murojaat qilgan fuqarolarga 33,5 mlrd so`m mukofot to`langani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

2023 yil yanvar-oktyabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 102 089 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda Qo`mita matbuot xizmati xabar bermoqda 
- 94 765 tasi xarid cheki bermaslik;
- 4 020 tasi to`lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
- 200 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
- 3 104 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo`yicha.

Murojaatlarning 56 756 tasi takroriy bo`lganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

Murojaatlar asosida 40 833 ta sayyor soliq tekshiruvi o`tkazilib, 99,4 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo`yicha xabar bergan fuqarolarga 2023-yilda 40 685 ta holat bo`yicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 33,5 mlrd so`m mukofot to`langan.

    Boshqa yangiliklar