Buxoroda “Buxoro – islom sivilizasiyasi gavhari” “O`zbekiston islom sivilizasiyasi markazi” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalari tashkil etildi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi.
Xalqaro konferensiya, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2023 yil 26 apreldagi PQ-135-son va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro turizm haftaligi”ni tashqil etish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida” 2022 yil 20 maydagi 282-son Qarorlari ijrosini ta`minlash, mamlakatimizdagi mavjud ziyorat turizmi salohiyatidan yanda unumli foydalanish, O`zbekiston zaminini dunyo sivilizasiyasining muhim markazlaridan biri sifatida namoyon qilish, jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlarning yuqori e`tiroflariga sazovor bo`lish, shuningdek, ziyorat turizmi xizmatlarini diversifikasiya qilish va turizm eksportini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Unda O`zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi direktor o`rinbosari F.Halimov, Ijtimoiy-ma`rifiy jarayonlarni o`rganish axborot-tahlil ilmiy bo`limi boshlig`i, siyosiy fanlar doktori U.Mahmudov, Xalqaro aloqalar va protokol bo`limi bosh mutaxasisi I.Srojidinov, Muzey va eksponatlar ilmiy bo`limi boshlig`i I.Yo`ldoshev, O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o`qituvchilari hamda xorijiy mehmonlar ishtirok etdilar.
Konferensiyada 30 ga yaqin mahalliy va xorijiy tadqiqotchi olimlar, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, ziyorat turizmi yo`nalishida soha mutaxassislari, vazirlik va idora vakillari faol ishtirok etdilar. Xususan, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Moturidiylik ta`limoti tadqiqotlari bo`limi bosh ilmiy xodimi Dr. Ahmad Sa`d Damanhuriy, O`zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi professori Nurislom To`xliev, O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o`qituvchisi Dr. Axmad Musa Sayfuddin, O`zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi bo`lim boshliqlari Ibrohim Yo`ldoshev, Umid Mahmudovlar Jahon va milliy turizm rivojlanishida yangi trendlar, turizm yo`nalishidagi davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlari, ziyorat turizmi imkoniyatlari va mavjud kamchiliklar, Islom sivilizasiyasi markazi faoliyati yuzasidan ma`ruza qildilar.






