Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi gaz quyish shahobchalaridan birida Hyundai Bongo avtomobilda portlash sodir bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan viloyat FVB ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, To`raqo`rg`on tumani Xo`jand MFY Xo`jand ko`chasida joylashgan “Buramatut metan servais savdo” MChJga qarashli bo`lgan “METAN AGQSh”da gaz to`ldirish vaqtida KIA Bongo avtomabilga qo`shimcha o`rnatilgan PROPAN suyultirilgan gaz baloni yorilish holati sodir bo`lgan.
Tan jarohat olish holatlari va yong`in xodisasi sodir bo`lmagan. Hozirgi vaqtda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
26.11.2023 16:38
Namangandagi "zapravka"da "KIA Bongo" gaz balloni portladi






