Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida kon ishchisi tosh bosib qolishi oqibatida halok bo`ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga ma`lum qildi.
Unga ko`ra, mazkur holat kecha, 25 noyabr kuni soat 10:00 larda Buloqboshi tumani “Qaqir” MFY xududida joylashgan “Muhammad Tosh koni” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli konda sodir bo`lgan. “Qaqir” MFYda yashovchi 46 yoshli S.A.ni kondagi tosh chiqarish ishlari vaqtida ehtiyosizlik oqibatida tosh bosib qolgan. Oqibatda S.A. voqea joyida vafot etgan. Marhum oilali, ikki nafar farzandning otasi bo`lgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
26.11.2023 16:01
Andijonda kon ishchisi tosh bosib qolishi oqibatida halok bo`ldi






