AsosiyJamiyat

Endi shaxsni sharmanda qiladigan uydirma tarqatganlar besh yilgacha qamaladi

'Endi shaxsni sharmanda qiladigan uydirma tarqatganlar besh yilgacha qamaladi'ning rasmi

Senatning qirq ettinchi yalpi majlisida "O`zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida"gi qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi.

Ta`kidlanishicha mobil qurilmalar hamda ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi akkaunt yoki kanallarga zararli dastur yuborish yo`li bilan bloklab (to`sib) qo`yish, ma`lumotlarini o`chirib yuborish, o`zgartirish yoki olib qo`yish bilan qo`rqitib shaxslardan pul yoki boshqa moddiy manfaatdorlik talab qilish holatlari kuzatilmoqda.

«"Insonning shaxsiy hayoti daxlsizligi bu — konstitusiyaviy kafolat. Hech kim, hech qanaqasiga uni buzishga haqli emas. Bugun Senatda ma`qullangan qonun normalari bu turdagi huquqbuzarliklarning oldini olishga va ularga qarshi samarali ta`sir choralari qo`llanilishiga qaratilgan" — dedi Senat raisi Tanzila Narbaeva.

Shuningdek, maxsus dasturlar yordamida shaxslarning fotosurati, ovozi va boshqa biometrik ma`lumotlarini soxtalashtirish holatlari ham uchramoqda.

Shu bois, Jinoyat kodeksidagi (165-modda) tovlamachilik tushunchasiga o`zgartirish kiritilib, sharmanda qiladigan uydirmalar bilan bog`liq huquqbuzarlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda.

Bunda Jinoyat kodeksining 165-moddasi birinchi qismiga «mulkka shikast etkazish yoki uni nobud qilish yoxud» degan so`zlardan keyin "jabrlanuvchining axborot resursini yo`q qilish, o`zgartirish, olib qo`yish yoki to`sib qo`yish yoxud uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo`rqitib" degan so`zlar bilan to`ldirilmoqda. Eslatib o`tamiz, ushbu modda bilan aybdor deb topilgan shaxslar uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

    Boshqa yangiliklar