AsosiyJamiyat

Dunyodagi eng qimmat kompaniyalar nomi e`lon qilindi

'Dunyodagi eng qimmat kompaniyalar nomi e`lon qilindi'ning rasmi

Interbrand kompaniyasi dunyoning eng qimmat kompaniyalari yillik reytingini e`lon qildi.

Mazkur reyting 100 ta brendni o`z ichiga olgan bo`lib, 502,7 mlrd dollarlik Apple kompaniyasi yillik o`sish qiymati 4 foizni tashkil etgan holda, ketma-ket 11 marta ham ro`yxatda birinchi o`rinni egalladi.

Microsoft esa ikkinchi o`rinni egallada. Ushbu brend 316,7 milliard dollarga baholandi, bu o`tgan yilga nisbatan 14 foizga ko`p.

Kuchli uchlikni Amazon kompaniyasi 276,9 milliard dollar (+1%) bilan yakunladi.

Qolgan ettita o`ringa Google, Samsung, Toyota, Mercedes, Coca-Cola, Nike, BMW hamda Johnson & Johnson, Sephora, Nespresso, Heineken va Canon kompaniyalari kirdi.

Barcha brendlar qiymatining umumiy o`sishi joroy yilda 5,7 foizni tashkil etgan bo`lsa, o`tgan yili bu ko`rsatkich 16 foizga etgan edi.

Natijada, tahlilchilar bozor turg`unlik davriga kirdi va vaziyatni to`g`irlash uchun biznes faoliyatini va brend boshqaruvini yaxshilash kerak, degan xulosaga kelishdi.

Ma`lumot uchun, Interbrand Corp. 1974 yilda tashkil etilgan, brend konsaltingiga ixtisoslashgan kompaniya bo`lib, kompaniya brendlarining qiymatini o`z metodologiyasidan foydalangan holda baholaydi.

    Boshqa yangiliklar