AsosiyJamiyat

Mast holda voyaga etmagan qizini kaltaklagan ayol haqida ma`lumot berildi

'Mast holda voyaga etmagan qizini kaltaklagan ayol haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Avvalroq, mast holdagi ona gul do`koniga kirib gul so`ragan qizini kaltaklagani haqida xabar bergan edik.  Holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirgandi. 

Shundan so`ng Mirzo Ulug`bek tumani hokimligi kaltaklangan 8 yashar qizcha Toshkent shahar IIBB voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markaziga, uning 30 yoshdagi onasi esa Toshkent shahar ayollarni reabilitasiya va moslashtirish markaziga joylashtirilganini ma`lum qilgandi. Hokimlikka ko`ra, ayol doimiy ro`yxatda Toshkent viloyatida turadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ko`ra, qizini kaltaklagan ayol turmush o`rtog`i bilan birga yashamaydi, spirtli ichimlikka ruju` qo`gan.

«Doimiy ish joyiga ega bo`lmaganligi sababli Toshkent shahridagi bir qator tumanlarda ko`p qavatli uylardagi xonadonlarning egalari bilan kelishib, uy yo`laklarini tozalab kunlik daromad topishi aniqlandi», deyiladi agentlik bayonotida.

Ta`kidlanishicha, psixolog va pedagoglar onasi tomonidan xo`rlangan qizchaning ruhiy holatini yaxshilashga harakat qilmoqda.

«Ona va bolaga yordam ko`rsatish maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining mas`ul xodimlari biriktirilib, mazkur holatning kelib chiqishi va uni bartaraf etish yuzasidan kompleks o`rganishlar davom ettirilmoqda», deya qo`shimcha qilgan agentlik matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar