Ayrim transport vositalari uchun tabaqalashtirilgan yig`im stavkalarini belgilash rejalashtirilmoqda. Bu masala Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida muhokama qilingan.
”2024 yil uchun davlat byudjeti to`g`risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o`qishda ko`rib chiqish chog`ida yashirin iqtisodiy faoliyatni mumkin qadar qisqartirish, tadbirkorlarga teng imkoniyatlar yaratish maqsadida raqobat muhitiga salbiy ta`sir qiluvchi samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish, shu orqali soliq bazasini kengaytirish, vazirlik va idoralarga ajratilishi ko`zda tutilgan byudjet mablag`laridan samarali va maqsadli foydalanish, ajratilgan mablag`lar natijadorligini ta`minlashga qaratilgan ko`plab taklif va tavsiyalar batafsil o`rganilganligi, ularning aksariyati loyihada aks etgani deputatlar tomonidan e`tirof etilgan.
Loyihada yuk ko`tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo`lgan avtotransport vositalari uchun tabaqalashtirilgan yig`im stavkalarini belgilash ko`zda tutilgan. Bunda, yuk ko`tarish quvvatidan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda yig`im undirilishi nazarda tutilmoqda.






