AsosiyJamiyat

Toshkentda Koreyaga ishga yuborishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'Toshkentda Koreyaga ishga yuborishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.J. fuqaro B.X.ning ishonchiga kirib, uni go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 4 200 AQSh dollari evaziga Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, oldindan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar