AsosiyJamiyat

Bugunning o`zida Surxondaryoda 4-marta zilzila sodir bo`ldi

'Bugunning o`zida Surxondaryoda 4-marta zilzila sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun Surxondaryo viloyatida 4- marta zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi. 

Ma`lum bo`lishicha, dastalbki er silkinishi 04:28 da qayd etilgan. Zilzila 3,4 magnitudali bo`lgan. Zilzila koordinatlari 37,47 gradus shimoliy kenglik, 67,78 gradus sharqiy uzunlikka ega. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 440 km janubiy-g`arbda bo`lgan.

3,5 magnitudali ikkinchi zilzila soat 14:08 da viloyatning Qumqo`rg`on tumanida yuz bergan.

Uchinchi 3,9 magnitudali er silkinishi soat 14:36 da viloyatning Qumqo`rg`on tumanida sodir bo`lgan. 

O`zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Qumqo`rg`on tumanida 3 ball, 16 km.
Sho`rchi tumanida 2-3 ball, 26 km.
Bandixon tumanida 2 ball, 31 km.
Jarqo`rg`on tumanida 2 ball, 35 km.
Qiziriq tumanida 2 ball, 42 km.

Soat 16:28 da yuz bergan 3,4 magnitudali to`rtinchi zilzila ham Qumqo`rg`on tumanida kuzatilgan.

    Boshqa yangiliklar