Avvalroq, Rossiya Federasiyasidagi mehnat migrantlari o`rtasida mushtlashuv yuz bergani, unlarning aksariyati O`zbekiston fuqarolari bo`lgani haqida xabar qilingan edi.
O`zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi holat bo`yicha rasmiy ma`lumot taqdim etdi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2023 yil 16 noyabr kuni Moskva shahrining Sviblovo tumanida joylashgan "Afi Tover" ko`p qavatli uy qurilishi maydonida 35-40 nafar fuqaro ishtirokida janjal yuz bergan.
Sviblovo tumani ichki ishlar bo`limi ma`lumotiga ko`ra, O`zbekiston fuqarolari ishtirokida yuz bergan ommaviy mushtlashuv oshxonaga kirish uchun navbatda turgan ishchilar va umumiy navbatni chetlab o`tib, oshxonaga kirishga uringanlar o`rtasidagi og`zaki janjal sabab yuz bergan.
Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan Rossiya Federasiyasi Jinoyat Kodeksining 213-moddasi 2-qismi bo`yicha jinoyat ish qo`zg`atilib, fuqarolarning 6 nafari jinoiy, 3 nafari mamlakatdan majburiy chiqarib yuborish shaklida ma`muriy, boshqalari ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga bo`ysunmagani sababli jarima shaklida ma`muriy javobgarlikka tortilgan.






