Namanganda yarim mlrd so`mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqladi. Bu haqda DXX matbuot xizmati darakchi.uz'ga ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, Namangan shahridagi tikuvchilik faoliyatiga ixtisoslashgan mas`uliyati cheklangan jamiyatga qarashli xonadonda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.
Unda MChJ mas`ullari tomonidan elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa yashirin ravishda ulangan holda foydalanib kelinishi natijasida 422 mln 897 ming so`mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.
Shuningdek, Namangan shahrida kuzatilgan boshqa holatda esa savdo va umumiy ovqatlanish binosida qonunga xilof ravishda 113 mln 741 ming so`mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.






