AsosiyJamiyat

Endi dorining klinik tadqiqotida sog`lom shaxslar ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkin

'Endi dorining klinik tadqiqotida sog`lom shaxslar ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkin'ning rasmi

“Farmasevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish to`g`risida”gi qonun  Prezident tomonidan imzolandi
 Qonun bilan farmakologik vositaning yoki dorining klinik tadqiqotida sog`lom shaxslar ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkinligiga oid qo`shimchalar kiritildi.
 Klinik tadqiqot rahbari klinik tadqiqotda qatnashadigan shaxsga tadqiqot usulining ahamiyati, mazkur tadqiqotning mohiyati va ehtimol tutilgan xavfi haqida batafsil tushuntirish berishi shart. 
 Shaxs tadqiqotning istalgan bosqichida unda ishtirok etishni rad qilishga haqli.
 Tadqiqotda voyaga etmagan yoxud muomalaga layoqatsiz shaxs ishtirok etganda, tadqiqotlar boshlanishidan oldin uning ota-onasidan yoki boshqa qonuniy vakillaridan yozma ravishda rozilik olinishi kerak. 
 Voyaga etmagan shaxs ishtirokidagi klinik tadqiqotdan oldin voyaga etgan shaxsda klinik tadqiqot o`tkazilgan bo`lishi kerak.
Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

 

    Boshqa yangiliklar