AsosiyJamiyat

Yangi yil yaqin. Farg`onadagi xonadonlardan birida 407 mln so`mlik "paqildoqlar" aniqlandi

'Yangi yil yaqin. Farg`onadagi xonadonlardan birida 407 mln so`mlik "paqildoqlar" aniqlandi'ning rasmi

Farg`ona viloyatidagi xonadonlardan birida 407 million so`mlik salyut va paqildoq saqlanayotgani aniqlandi. 

Xabarda aytilishicha, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari viloyat DXX va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda Qo`qon shahrida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yishga qaratilgan navbatdagi tezkor tadbirni o`tkazgan. Unda fuqarolarning yashash xonadonlari belgilangan tartibda, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilgan. 

Natijada xonadon hovlisida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagan holda saqlanayotgan 2 turdagi jami 5 mingdan ziyod pirotexnika vositalari borligi aniqlangan. 

Manbaga ko`ra, ushbu mahsulotlar xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlarga ega bo`lmagan. Ularning dastlabki qiymati 407 million so`mga baholanmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar