O`zbekiston iqlim o`zgarishi aholiga turlicha ta`sir ko`rsatadi va 2030 yilga borib butun mamlakat bo`ylab kamida 8 million odam yuqori iqlim xavfi mavjud tumanlarda yashay boshlaydi. Bu haqda Jahon bankining O`zbekistonda iqlim o`zgarishi va rivojlanishiga oid yangi hisobotida e`lon qilindi
Hisobotga ko`ra, iqtisodiyotni 2060 yilga borib karbonsizlantirish (karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish) O`zbekistondagi issiqxona gazlari chiqindilarining qariyb 75 foizini tashkil etuvchi energetika sektoriga e`tiborni qaratishni talab qiladi.
Karbonsizlantirish dasturlarini amalga oshirish va moslashtirish uchun katta miqdorda investisiya talab etiladi. Hisob-kitoblarga ko`ra, O`zbekistonga iqlimning mehnat unumdorligiga, yo`llar va ko`priklar, chorvachilik va irrigasiya sektoriga salbiy ta`sirini yumshatish uchun taxminan 60 milliard AQSh dollari kerak bo`ladi.
Qolaversa, eskirayotgan energiya infratuzilmasini almashtirish va dekarbonizasiya ishlari uchun 2060 yilgacha taxminan 340 milliard dollar talab etiladi. Ushbu investisiyalarning katta qismi xususiy sektor tomonidan amalga oshirilishi mumkin.






