Ijtimoiy tarmoqda Gentra haydovchisi YPX xodimining talabiga bo`ysunmay xodim ustiga mashinani boshqargani aks etgan video tarqaldi.
Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan va Farg`ona shahar sudida ko`rib chiqilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB xabar berdi.
Sud hukmiga ko`ra, haydovchi MJtKning 183 va 194-moddasining 2-qismi bilan aybdor deb topilgan va unga 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Qayd etilishicha, haydovchi bundan avval ham bunday huquqbuzarlikni sodir etgan. U qilgan ishidan pushaymon ekanini va bu ishni qayta sodir etmasligini bildirdi.






