AsosiyJamiyat

Toshkentda 10 yoshli qizga liftda tegajog`lik qilgan erkak qo`lga olindi

'Toshkentda 10 yoshli qizga liftda tegajog`lik qilgan erkak qo`lga olindi'ning rasmi

27 oktyabr kuni maktabdan qaytayotgan o`quvchi qiz ortidan kirgan yigit, liftda unga nisbatan nojuya harakatlar qilgan. Bu haqda Nemolchi.uz xabar berdi.

Qizning yaqin qarindoshining so`zlariga ko`ra, 27 oktyabr, juma kuni kunduzi soat 16-17:00 atrofida 10 yoshli qiz Toshkent shahri Uchtepa tumanida uyiga yaqin bo`lgan maktabdan qaytayotgan vaqtda, taxminan 25-30 yoshlardagi yigit uning ortidan ko`pqavatli uydagi liftga kirgan.

Yigit to`qqizinchi qavat tugmasini bosgan va qizga yuqoriga qavatga chiqqanidan so`ng, o`zi ketishini aytgan.

Ular to`qqizinchi qavatga etib borishganda, yigit liftdan chiqib, atrofga qaragan. So`ng yana liftga qayta chiqqan va yana birinchi qavatga tushishlarini, keyin qiz istagan joyiga borishini aytib, liftga qayta chiqqan.

Liftdan tushish chog`ida qizga nisbatan nojuya xatti-harakatlar qilib, birinchi qavatga etganda tezda liftdan chiqib ketgan.

Shundan so`ng, qizning qarindoshlari milisiyaga murojaat qilib, o`sha hudud kuzatuv kameralaridagi videotasvirlarni olishni so`ragan. Ma`lum bo`lishicha bu yigit kiraverishdan chiqib, yaqin atrofda turga mashinaga o`tirgan.

Shundan so`ng, 102 raqami orqali milisiyaga xabar qilingan.

Oradan ko`p vaqt o`tmay, ularga qo`ngiroq bo`lib, Uchtepa tumani ichki ishlar bo`limiga kelishlari kerakligi aytilgan. Ichki ishlar bo`limiga etib borishgach, qiz va uning ota-onasi qo`lga olingan shaxsni aniqlash uchun olib ketilgan.

Ma`lum bo`lishicha, qo`lga olingan shaxs o`quvchiga nisbatan nojuya xatti-harakatlarni sodir etgan erkak ekakligini qiz tasdiqlagan.

So`ng, ichki ishlar bo`limi xodimlari ulardan mazkur voqea yuzasidan ariza yozishni so`ragan. Bayonot yozib bo`lingach, ish prokuraturaga o`tkazilishi tushintirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 129-moddasining 2-qismi (Voyaga etmaganlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Agar gumonlanuvchi aybdor deb topilsa, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar