AsosiyDunyo

G`azodagi qochqinlar lageriga uyushtirilgan zarbada Hamas qo`mondoni va yana yuzlab odam halok bo`ldi

'G`azodagi qochqinlar lageriga uyushtirilgan zarbada Hamas qo`mondoni va yana yuzlab odam halok bo`ldi'ning rasmi

Isroilning G`azo sektori shimolidagi qochqinlar lageriga bergan aviazarbalari natijasida 100 dan ortiq odam halok bo`ldi, 150 nafari yaralandi, deya xabar bermoqda Al Arabiya Falastin Sog`liqni saqlash vazirligiga tayanib.

Falastinning VAFA axborot agentligining xabar berishicha, 400 ga yaqin odam, asosan bolalar yaralangan. Yaradorlar shifoxonaga etkazilgan, biroq vayronalar ostida juda ko`p odam qolmoqda, deydi jurnalistlar.

Al-Jazira ta`kidlashicha, Jabaliya G`azo sektoridagi sakkizta qochqinlar lagerining eng kattasi. U 1,4 km maydonni egallaydi, BMT ma`lumotlariga ko`ra, u erda 116 ming kishi ro`yxatga olingan. Oktyabr oyida Isroil samolyotlari lagerga bir necha bor zarba berdi, deya ta`kidlaydi telekanal.

Isroil tomoniga ko`ra, zarba natijasida HAMAS qo`mondonlaridan biri – 7 oktyabr kuni jangarilarning Isroil janubiga uyushtirgan hujumi uchun mas`ul bo`lgan Markaziy Jabaliya bataloni qo`mondoni Ibrohim Biari halok bo`lgan.

Portlash joyidan olingan videotasvirlarda vayronalar ostidan kamida 47 kishining jasadi topilganini ko`rish mumkin. Yaradorlar yaqin atrofdagi shifoxonaga etkazilgan, Ma`lumotlarga ko`ra, muassasa to`lib ketgan, ko`pchilik polda tibbiy yordam ko`rsatmoqda.

G`azo Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, 7 oktyabrdan buyon anklavda 8,6 mingdan ortiq odam halok bo`lgan, 23 mingdan ortiq kishi jarohat olgan.

    Boshqa yangiliklar