Tog`aev Botir Normahmadovich Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Botir Tog`aev 1976 yilda Kitob tumanida tug`ilgan bo`lib, Toshkent davlat agrar universiteti va O`zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Qishloq xo`jaligi vazirining birinchi o`rinbosari lavozimida, ungacha esa Qamashi tumani hokimi sifatida ham faoliyat ko`rsatgan.






