O`zbekiston Respublikasi Prezidentinining qarori bilan Tadjixanov Avazxon Baxadirovich Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O`rinboeva xabar berdi.
Avazxon Tadjixanov 1978 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy. 2010 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Oilali, 4 nafar farzandning otasi.
U 2018 yildan beri adliya tizimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
A. Tadjixanov Adliya vazirligi xuzuridagi “Axborot-tahlil multimedia markazi”ga rahbarlik davrida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish hamda Prezident hujjatlari ijrosi bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka etkazishda o`zining munosib hissasini qo`shib kelgan.
Adliya vazirligi jamoasi Avazxon Baxadirovich Tadjixanovni ushbu mas`uliyatli tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!






