2023 yil 30 oktyabr kungi Tel-Aviv - Toshkent reysi kechiktirildi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Tel-Aviv – Toshkent yo`nalishi bo`yicha HY-302 reysi uchish aeroportidagi texnik sabablarga ko`ra, shuningdek, havo kemasi Samarqand aeroportiga oraliq qo`nishi munosabati bilan kechikkan.
Toshkentga rejalashtirilgan etib kelish vaqti 20-25 bo`lgan, biroq kechikish hisobiga kutilayotgan etib kelish vaqti 00-15ga o`zgargan.
"Qo`shimcha ma`lumotlarni 998 78 140-02-00 aloqa markazi orqali bilib olish mumkin. Vaziyatni to`g`ri tushunishingizga umid qilamiz", - deyiladi xabarda.






