AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 2023 yilning 9 oyi ichida avariyalar soni o`tgan yilga nisbatan 2,4 foizga oshgan

'O`zbekistonda 2023 yilning 9 oyi ichida avariyalar soni o`tgan yilga nisbatan 2,4 foizga oshgan'ning rasmi

O`zbekistonda yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, shahar va qishloqlarda yangi yo`llar va ko`priklar qurildi, ta`mirtalab bo`lgan ko`plab yo`llar rekonstruksiya qilindi. 2023 yilning 9oyi ichida tartibga solinmagan piyodalar o`tish joylarida qariyb 9,2 ming yotiq chiziqlar chizilgan, 417 svetofor ob`ektlari xamda piyodalar uchun 210 svetofor kurilgan.

Shunga qaramasdan, yo`l harakati qoidalarini buzish holatlari ortib bormoqda. Masalan, 2023 yilning 9 oyi ichida yo`l-transport hodisalari soni o`tgan yilga nisbatan 2,4 foizga oshgan. Eng achinarlisi, ko`p hollarda baxtsiz hodisa natijasida fuqarolaramiz tan jorohati olib, o`lim holatlari ham kuzatilyapti.

Shu munosabat bilan davlat yo`llarda ko`ngilsiz hodisalar sonini kamaytirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshiryapti. Shular qatorasida – Yo`l harakati qoidalarini buzganlarga nisbatan jarima tizimini qo`llashdir. Butun dunyoda bundan ko`zlangan asosiy maqsad – xaydovchi va piyodalarni yo`l harakati xavfsizligi qoidalarini bajarijga undash va ularni noqonuniy hatti-harakatlar amalga oshirishdan tiyish.

Bir qator mamlakatlar amaliyoti shuni ko`rsatadiki, jarima qoidabuzarlar uchun psixologik va moliyaviy to`siq bo`lishi mumkin. Tadqiqotlarga ko`ra, Shveysariyaning beshta yirik shahrida tezlikni cheklash va to`xtash qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini oshirish samarali chora bo`lib chiqdi. Avtoturargohda to`xtash va tezlikni cheklash qoidalarini buzish holatlari mos ravishda 32 va 17 foizga kamaydi.

Shu bilan birga, jarimalarning asosiy vazifasi YHQ buzilishini oldini olish ekanligini inobatga olgan holda ba`zi ijtimoiy havfliligi darajasi kam bo`lgan qoidabuzaliklarni engillashtirish amaliyoti olib borilmoqda.

Jumladan, Prezident tomonidan imzolangan 30.11.2021 yildagi O`RQ-734-son O`zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan YTQ buzganlik uchun bir qator jarimalar liberallashtirildi.

Hususan, a) avtomobil egalari tomonidan sug`urta polisini olmaganligi yoki muddati o`tgan sug`urta polisi bilan avtomobilni haydash uchun; b) sug`urta polisida ko`zda tutilmagan shaxs tomonidan avtomobilni boshqarish holatlari uchun jarima miqdori 1 BRV dan yarim BRVga tushirildi (50%ga kamaydi) v)  telefondan quloqchinlar orqali va qo`llarni ishlatmasdan turib so`zlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanilganda jarima to`lanmaydigan bo`ldi.

Shu bilan birgalikda, hozirgi kunda mamlakatimizda jarimalarni o`z vaqtida to`lagan fuqarolar uchun qo`shimcha qulayliklar yaratildi. Jumladan,

– O`zbekiston Respublikasi Prezidentning 23.03.2023 yildagi “Aholiga ma`muriy jarimalarni to`lashda qo`shimcha qulayliklar yaratish hamda sohada korrupsion omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-99-son qarori qabul qilindi.

Unga ko`ra, 2023 yil 1 maydan boshlab ma`muriy huquqbuzarliklar bo`yicha qo`llanilgan jarimani ixtiyoriy to`lash tizimi soddalashtirildi. Jumladan:

– huquqbuzar unga jarima solish to`g`risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarimani to`lasa uning miqdorining 50 foizini to`laydi (jarimaning 50% chegirma qilinadi), 30 kun ichida to`lasa – jarima miqdorining 70 foizini to`laydi (jarimaning 30% chegirma qilinadi).

– mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo`llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Bungacha huquqbuzar jarima solish to`g`risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarimaning 70foizini ixtiyoriy ravishda to`lagan taqdirda jarimaning qolgan summasidan ozod qilinardi.

Ta`kidlab o`tish joizki, o`zgarishlar jarimalar yukini kamaytirish va ularni ixtiyoriy to`lash tizimini soddalashtirish, shuningdek, sud hujjatlarining o`z vaqtida ijro etilishini ta`minlashga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar