“Bektemir-Chorbog` q.” avtomobil yo`lining 32-kilometrida ( Bo`stonliq va Yuqorichirchiq tumanlari chegarasida joylashgan ko`prik) joylashgan ko`prikning Chorbog`-Toshkent yo`nalishidagi qismi 25 kun muddatga yopildi.
Ma`lum qilinishicha, Toshkent viloyati Bo`stonliq tumaniga olib boruvchi davlat ahamiyatiga ega bo`lgan mazkur yo`lda ta`mirlash ishlari olib borilmoqda. Toshkent-Chorbog` yo`nalishdagi qismida esa qarama-qarshi harakat tashkil etildi.
Xozirda shu sababli ham dam olish kunlarining ayrim vaqtlarida Chorbog`-Toshkent yo`nalishida tirbandliklar yuzaga kelmoqda.
Haydovchilardan vaziyatdan kelib chiqib harakatlanishlari, shuningdek, YPX inspektorlari va yo`l belgi talablariga bo`ysunishlari so`raldi.






