O`zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ushbu davlatda bo`lib turgan vatandoshlarga shu kunlarda odamlar gavjum tadbirlar, turli xildagi miting va namoyishlarda qatnashmaslikni tavsiya qildi.
2022 yilning 29 oktyabr kuni Xellouin bayrami nishonlangan Seulning Itevon ko`chasida tiqilinch ro`y berib, nafas qisilishi va yurak to`xtashidan 156 kishi halok bo`lgan, 196 nafari esa jarohat olgan edi. Ushbu fojia natijasida O`zbekistonning 1 nafar fuqarosi ham hayotdan bevaqt ko`z yumgandi.
Shu munosabat bilan elchixona O`zbekiston fuqarolarini odamlar gavjum tadbirlar, turli xildagi miting va namoyishlarda qatnashmaslikni hamda o`zbekistonliklar ishtirokida favqulodda vaziyatlar ro`y bergan holatlarda elchixonaning quyidagi mas`ul xodimlariga zudlik bilan qo`ng`iroq qilishlarini tavsiya qiladi:
- Konsul Elyor Nishonov – 010-6802-1969;
- Vise-konsul Azamat Boltaev – 010-2909-4334;
- Attashe Abdumannon Isanov – 010-3213-4505.






