AsosiyJamiyat

O`zbekistonda reklama tarqatishda davlat tili talabini buzganlik uchun qonuniy javobgarlik belgilanishi mumkin

'O`zbekistonda reklama tarqatishda davlat tili talabini buzganlik uchun qonuniy javobgarlik belgilanishi mumkin'ning rasmi

O`zbekistonda reklama materiallarini tayyorlash, e`lon qilish va tarqatishda davlat tiliga oid talablarga amal qilmaslik uchun javobgarlikni belgilash bo`yicha takliflar ishlab chiqildi. Bu haqda “Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga qo`shimcha kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasida aytib o`tilgan. 

Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risida”gi kodeksining 178-1-moddaning ikkinchi qismi “reklama tarqatishda davlat tiliga doir talablarga amal qilmaganlik” degan so`zlar bilan to`ldirilishi bildirilgan.

Unga ko`ra, fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan noto`g`ri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik,  davlat tiliga doir talablarga amal qilmaganlik,  xuddi shuningdek reklama qilinishi qonunchilik bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik uchun BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 650 ming so`mdan 2 mln 310 ming so`mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar