AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda paxta uchun elektron hisobvaraq rasmiylashtirish muddati uzaytirildi

'O`zbekistonda paxta uchun elektron hisobvaraq rasmiylashtirish muddati uzaytirildi'ning rasmi

Soliq qo`mitasi sentyabr oyida realizasiya qilingan paxta xom ashyosi uchun elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish muddatini joriy yil 1 noyabrgacha uzaytirilganligini ma`lum qildi.

Xabarda aytilishicha, ushbu o`zgarish, paxta xom ashyosini sotishdagi narxlarni erkinlashtirishdagi vujudga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda istisno tariqasida kiritilmoqda.

Ma`lumot uchun, tovarlar yuklab jo`natilgan sanada hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmaslik, shu kabi hisobvaraq-faktura bilan rasmiylashtirilmagan tovarlarni xarid qilish yoxud ushbu hujjatni tovarlar haqiqatda realizasiya qilingan sanadan keyingi sana bilan rasmiylashtirish Soliq kodeksining 223-moddasiga muvofiq soliq bazasini yashirish deb e`tirof etilishiga hamda jarima qo`llanilishiga sabab bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar