O`zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi ushbu davlatda bo`lib turgan vatandoshlarimizga shu kunlarda odamlar gavjum tadbirlar, turli xildagi miting va namoyishlarda qatnashmaslikni hamda fuqarolarimiz ishtirokida favqulodda vaziyatlar ro`y bergan holatlarda elchixonaning quyidagi mas`ul xodimlariga zudlik bilan qo`ng`iroq qilishlarini tavsiya qiladi:
1. Konsul Elyor Nishonov – 010-6802-1969.
2. Vise-konsul Azamat Boltaev – 010-2909-4334.
3. Attashe Abdumannon Isanov – 010-3213-4505.
Eslatib o`tamiz, 2022 yilning 29 oktyabr kuni Hellouin bayrami nishonlangan Seulning Itevon ko`chasida tiqilinch ro`y berib, nafas qisilishi va yurak to`xtashidan 156 kishi halok bo`lgan, 196 nafari esa jarohat olgan edi. Ushbu fojea natijasida O`zbekiston Respublikasining 1 nafar fuqarosi ham hayotdan bevaqt ko`z yumgan.






