AsosiyDunyo

Kim Chen In hammani uchinchi jahon urushiga tayyorgarlik ko`rishga chaqirdimi?

'Kim Chen In hammani uchinchi jahon urushiga tayyorgarlik ko`rishga chaqirdimi?'ning rasmi

G`arb axborot agentliklari Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen Inning go`yoki Yaqin Sharqdagi vaziyat dunyoni uchinchi jahon urushi tomon surayotgani, bu urushga yaqin kelajakda tayyorgarlik ko`rish kerakligi haqida aytgan videosi tarqaldi.

“Uchinchi jahon urushi Yaqin Sharqdagi keskinlashuv tufayli boshlanish arafasida. Hamma bunga tayyor bo`lishi kerak”, — deya videolavhada KXDR Davlat kengashi raisi va Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo`mitasi bosh kotibining qizg`in bashorati inglizcha subtitrlarda keltiriladi.

AiF sayti jurnalistlar ushbu video 2020 yilda, Koreya Mehnat partiyasining 75 yilligini nishonlash vaqtida suratga olinganini aniqlashganini ma`lum qildi.

Kim Chen Inning koreys tilida so`zlagan nutqida esa Yaqin Sharq mojarosi yoki uchinchi jahon urushi haqida bir og`iz so`z yo`q, deb yozadi Associated Press.

KXDR “davlatga yaqinlashib kelayotgan xavf” holatida profilaktik yadro zarbasiga ruxsat beruvchi qonunni qabul qilgan edi. Bundan tashqari, zarbaning o`zi ham yadroviy qurolni boshqarishning standart tizimining ishlamay qolganligi shubhasi bo`lsa ham, avtomatik ravishda berilishi mumkin.

Shimoliy Koreya etakchisi Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli dunyoni uchinchi jahon urushi tayyorgarlik ko`rish kerakligi haqida fikrlari tarqaldi

    Boshqa yangiliklar