"Toshkent issiqlik markazi" MChJ) 1-IM qozonxonasi gaz ta`minotidan vaqtinchalik uziladi. To`xtash sababi "Hududgaz Poytaxt" yuqori bosimli gaz quvuridagi rejalashtirilgan ishlar bilan bog`liq bo`lib ishlar 30 oktyabr kuni soat 08:00 dan 31 oktyabr soat 20:00 gacha amalga oshiriladi.
Issiq suvni o`chirish quyidagi hududlarga ta`sir qiladi:
Yunusobod tumani: S-4, S-5, S-6 dahalari, A. Donish, Ergashev, Bodomzor, Bog`ishamol, G`ulomov, Gidrometeorologiya markazi, A.Temur ko`chalari.
Mirzo Ulug`bek tumani: Navnihol, Ne`mat, Shahriobod, Do`rmon yo`li, Mo`minov, Ziyolilar, Xojiboev, Qalandar, M.Ulug`bek, Levitan, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi gospitali hududi, Sayram, Buyuk Ipak Yo`li, M. Yusuf, Mustaqillik, Oqqo`rg`on, Irgashev, K.Niyozov, Murtazaev, P.Salar, P.Pishpek ko`chalari, H.Olimjon maydoni, S-1, S-2, Yalang`och, Bo`z-1, Parkent dahalari.
Yashnobod tumani: Botkina, Tashselmash, Mirzo Ulug`bek dahalari, Riyoziy, Parkent, Siolkovskiy, Maxtimquli ko`chalari.
Issiq suv ta`minotining to`liq tiklanishi gaz ta`minoti qayta tiklanganidan va 1-IM qozonxonasi ishga tushirilgandan so`ng (taxminan 31 oktyabr yarim tunda) amalga oshiriladi.






